Huawei 2
Toshkentda bo'lib o'tgan boks bo'yicha Jahon chempionatida bokschilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medalga sazovor bo'lishdi

Poytaxtimiz mezbonlik qilgan boks bo‘yicha jahon chempionati o‘z poyoniga yetib bormoqda. 100 dan ortiq mamlakatning 550 nafarga yaqin bokschilari ishtirokida kechgan ushbu dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi. Muzaffar bokschilarimiz musobaqa davomida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medalga sazovor bo‘lishdi. 

Shubhasiz, bu bilan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Qayd etish joiz, shu paytgacha bokschilarimiz hech bir jahon chempionatida 5 ta oltin va umumiy hisobda 9 ta medalni qo‘lga kiritishmagan edi. Musobaqa qahramonlarini eslab o‘tamiz:

Oltin medal:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov

-57 kg: Abdumalik Xalokov

-63.5 kg: Ruslan Abdullayev

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev

+92 kg: Bahodir Jalolov

Kumush medal:

-54 kg: Oybek Jo‘rayev

-71 kg: Saidjamshid Jafarov

Bronza medal:

-75 kg: Aʼloxon Abdullayev

-92 kg: Lazizbek Mullojonov. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga