“Toshkentdagi boks bo'yicha jahon chempionati Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion xarakterga ega emas - Umar Kremlyov
Avval xabarberganimizdek, boks bo'yicha 2023-yilgi jahon chempionati Toshkentda o'tkaziladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi xabar bergan edi.
Unga ko‘ra, musobaqaga “Humo arena” mezbonlik qiladi. “Universal” sport saroyi esa ishtirokchilar uchun mashg‘ulot maydoni vazifasini o'taydi. Shuningdek, ko‘p sonli mehmonlar uchun yurtimizning qadimiy maskanlari bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etiladi.
Bu bo'yicha o'tkazilgan matbuotda ishtirok etgan Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti AIBA prezidenti Umar Kremlyovning so'zlariga ko'ra, Toshkentdagi jahon chempionati Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion xarakterga ega emas.
"Bu borada alohida litsenzion musobaqa tashkil qilinadi. Jahon chempionatida ishtirok etishning ham o‘ziga yarasha talablari bo‘ladi. Har bir qitʼada oltin, kumush va bronza toifalaridagi musobaqalar tashkil qilinib, ularda g‘alaba qozongan bokschilargina jahon chempionatida ringga ko‘tarilishi mumkin bo‘ladi.
2022 yildan Jahon kubogini tiklaymiz. Rossiyada o‘tadigan musobaqa terma jamoalar miqyosida tashkil qilinadi. Shuni aniq aytishim mumkinki, bu yil Serbiyada o‘tadigan jahon chempionati Sizlar uchun qiyin bo‘ladi. Boisi butun dunyo o‘zbek bokschilarini mag‘lub etish bo‘yicha ishlamoqda (kuladi)”, – degan Umar Kremlyov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40219 | Инструменты