Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning reytingini yangiladi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilarda katta o‘zgarishlar qayd etilgani yo‘q. Faqatgina Hasanboy Do‘smatov bir pog‘onaga pastladi.
Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 2-o‘rin (o‘tgan oy 1-o‘rinda edi;)
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarimengil vazn) - vaqtinchalik chempion;
Otabek Xolmatov (yarimengil vazn) - o‘tgan oydagi singari 4-o‘rin;
Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
Isroil Madrimov (super yarimo‘rta vazn) - 4-o‘rin (o‘tgan oyda ham 4-o‘rinda edi);
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 3-o‘rin (o‘tgan oy ham 3-o‘rinda edi).
Alpha version: 0.9.1.19 build 20513 | Инструменты