Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) noyabr oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.
Reytingdan 4 nafar bokschimiz o‘rin olgan:
- Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev 3-o‘rinda qayd etildi;
- Yarim yengil vazn toifasida (57,1 kg) Otabek Xolmatov o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab 14-o‘ringa joylashdi;
- Super yengil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 3-o‘rinni band etdi;
- Super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) Isroil Madrimov 7-o‘rinni egallagan.