Huawei 1
Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi

Xalqaro shaxmat akademiyasida federatsiyaning navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

Unda federatsiya mas'ullari, shaxmatchilar, murabbiylar hamda hududiy studiyalardan shaxmat faollari ishtirok etdilar. Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. 

Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.

5 karra Oʻzbekiston chempioni bo'lmish Bobur Sattarov 1995-yil 14-aprel kuni Surxandaryo viloyatida Denov tumanida tugʻilgan. Shaxmat oʻynashni kech boshlashiga qaramasdan, ancha yutuqlarga erishgan. 12 yoshidan beri musobaqalarda ishtirok etib keladi. 2018-yilda oʻzining shaxsan oʻquvchisi boʻlgan Javohir Sindarov eng yosh toʻrtinchi grossmeysteri boʻldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101918 | Инструменты