Huawei 1
XOQ rossiyalik sportchilarga 2024-yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga ruxsat berdi

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) rossiyalik va belaruslik sportchilarga 2024-yilgi Parij Olimpiada o‘yinlarida neytral maqom ostida ishtirok etishga ruxsat berilishi haqida qaror chiqardi. Bu haqda qo'mita veb-saytida bayonot keltirilgan.

Unga ko‘ra, tashkilot Ijroiya qo‘mitasi Rossiya yoki Belarus pasportiga ega bo‘lgan yakka tartibdagi neytral sportchilar saralash musobaqalarini yakunlagan taqdirda belgilangan shartlar asosida Olimpiadada qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Qaror jismoniy shaxslarga taalluqli bo‘lib, Olimpiya Qo‘mitasi rossiyaliklar va belaruslar o‘yinlarda jamoaviy sport turlari bo‘yicha ishtirok etmasligi haqida qaror chiqardi. Shuningdek, Moskvaning Ukrainaga qarshi harbiy kampaniyasini "faol qo‘llab-quvvatlagan" har qanday sportchi yoki boshqa shaxslar ham bu taqiqdan bebahra qolmadi. Ya’ni, Rossiya yoki Belarus harbiy yoki milliy xavfsizlik idoralari bilan shartnoma tuzgan sportchilar va yordamchi xodimlarga Olimpiada o‘yinlariga kirish yoki musobaqada qatnashish taqiqlangan. 

Bundan tashqari, barcha yakka tartibda bo‘lgan neytral sportchilar xalqaro federatsiyalar tomonidan belgilangan antidoping talablariga javob berishi kerak.

Shuningdek, qo‘mitaning Rossiya va Belarus davlatlari va hukumatlariga nisbatan sanksiyalari Parij o‘yinlarigacha o‘z kuchida qoladi. Bu ikki davlatning bayrog‘i, madhiyasi yoki boshqa milliy identifikatorlarini biron bir rasmiy joy yoki tadbirda namoyish etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Rossiya va Belarus hukumati amaldorlari o‘yinlarga taklif qilinmaydi va akkreditatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101002 | Инструменты