Yadro uloqtirish: Malika Nasriddinova bir musobaqada ikki rekordni yangiladi
Toshkent shahrida yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan yopiq inshootlardagi O‘zbekiston chempionatining ilk kunida yadro uloqtirish bahslarida Sirdaryo viloyati Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi shug‘ullanuvchisi Malika Nasriddinova 16.33 natija bilan qizlar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ta’kidlash lozimki, Malika Nasriddinova ushbu natijasi bilan O‘zbekiston rekordini o‘rnatdi. U 39 yil oldin Monika Andris tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Monika 1984-yil 11-fevralda Leningrad shahrida Butunittifoq musobaqalarida 15,67 natijani ko‘rsatgan edi.
Shuningdek, Malika 2006-yil 3-iyunda Bishkekda Oksana Kotga tegishli bo‘lgan ochiq maydondagi o‘smirlar o‘rtasidagi mutlaq rekordni ham yangiladi. O‘shanda Oksana 16,24 natija qayd etgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40409 | Инструменты