2023-yilda barcha hududlarda AyTi xizmatlari eksporti o‘sib umumiy 344 mln dollarga yetdi

2023-yilda barcha hududlarda AyTi xizmatlari eksporti o‘sib umumiy 344 mln dollarga yetdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o'zining Telegram kanalida xabar qildi.

Qayd etilishicha, asosan eksport uchun harakat qilish kerakligini va bu kabi sharoitlarni davom etishini reja qilgan kompaniyalar 2027-yil yakunigacha eksportlarini umumiy daromaddagi ulushini kamida 50 foizga chiqarishlari zarurligini barcha uchrashuvlarda AyTi Park rezidentlariga tushuntirib borilmoqda.

Vazirning so'zlariga ko'ra, bu yil AyTi eksportini ko‘paytirish uchun asosan yoshlarni ko‘proq chet tillari va AyTini o‘rganishiga qiziqtirish hamda chet ellik kompaniyalarni ko‘proq O‘zbekistonga, ayniqsa hududlarga taklif etish zarur bo‘ladi.

"Davlat rahbari tomonidan AyTi sohasiga yaratilgan imkoniyatlar tufayli barcha hududlarda AyTi Park rezidentlari o‘z eksportlarini oshirishga erishganlarini ushbu jon boshiga AyTi xizmatlar eksportini hududlar kesimidagi jadvalda ko‘rish mumkin (o‘sish ko‘rsatilmagan hududlarda o‘tgan yili eksport bo‘lmagan)", deydi Shermatov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты