Huawei 1
Amazon Kaliforniya ko'chalarida haydovchisiz "marshrutka"ni sinovdan o'tkazdi

Amazon Kaliforniya shtatining Foster-Siti ko'chalarida haydovchisiz taksini ishga tushirdi. Avtonom avtomobil haqiqiy yo‘lovchilar bilan birgalikda umumiy foydalanishdagi yo‘llarda sinovdan o‘tkazildi.

"Zoox Robotaxi" avtomobil tepasida joylashgan oltita LiDAR sensori bilan jihozlangan. Ular turli xil radar sensorlari va kameralar bilan birlashtirilgan. Hammasi bo'lib, bu har bir burchakda 270 daraja ko'rish maydoni mavjud.  

Shunday qilib, datchiklar 150 metrgacha bo'lgan masofada boshqa transport vositasini ko'rish imkonini beradi. Avtomobil 133 kVt/soat quvvatga ega akkumulyatordan quvvat oladi, maksimal tezligi esa 56 km/soatga etadi.

Sinovlar davomida robot taksi chapga, o‘ngga va ikki tomonlama burilishlarni bajarish, shuningdek, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha velosipedchilar, piyodalar, transport vositalari va boshqa harakat ishtirokchilari o‘rtasida manevr qilish qobiliyatini namoyish etdi.

"Zoox Robotaxi" rasmiylar tomonidan tasdiqlangan bo'lsa-da, u hali barcha yo'llarda harakatlana olmaydi va hozirda faqat ikki kilometr masofada joylashgan ikkita ofis binosi orasida xodimlarni tashish uchun foydalaniladi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60318 | Инструменты