Huawei 1
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar eʼlon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2025-yil 6-8-iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etilmoqda.

Xususan, respublika bo‘ylab hududlarda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari tomonidan o‘zlarining xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.

Shuningdek, “Vaqf’ xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar uchun bir qancha chegirmalar berish ko‘zda tutilgan. Xususan, Qurbon hayiti bayrami kunlari nogironligi bor va yoshi katta fuqarolar va yosh bolalarga ziyoratgohlarga kirish bepul etib belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60512 | Инструменты