Apple kompaniyasi 2023-yilda nimalarni taqdim etishi mumkinligi bo'yicha ma'lumot berdi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin.
MacBook Pro 14 va 16: Kompaniya o'zining yuqori darajadagi noutbuklarining yangilangan versiyasini tayyorlamoqda. Yagona o'zgarish yangi M2 chipi. Boshqa o'zgarishlar bo'lmaydi.
Katta MacBook Air Tahlilchi Ross Youngga ko'ra, Pro modellari bilan bir qatorda Air versiyalari ham chiqariladi. Ular yozgisidan farq qilmaydi, faqat bitta narsa - kattalashtirilgan ekran. Yozgi MacBook Air 13,6 dyuymli displeyga ega edi. 2023 yil boshida bizga 15,5 dyuymli versiya taqdim etilishi kutilmoqda.
AirPods Max 2: Toʻliq oʻlchamli minigarnituralarning yangi versiyasi 2023-yil sentabr oyida sotuvga chiqariladi. Taxminlarga ko‘ra, gadjet USB-C porti, yaxshilangan ovoz, terini aniqlash sensorlari va namlikdan himoyalanish bo'yicha oldinga avlodlardan kuchli.
iOS 17:yangi proshivka 2023-yil iyun oyida chiqariladi. Qoidaga ko‘ra, kompaniya tizimni takomillashtirib, minimal innovatsiyalar bilan iOS-ni taqdim etadi. iOS 16 innovatsiyalarga boy bo'lib chiqdi. Ehtimol, iOS 17 da katta o'zgarish va yangilikni kutmasligingiz kerakdir. Chunki yangiliklar uchun iOS 16 yetarli bo'ladi.
Pro Display XDR: Displeyning birinchi versiyasi 2019-yilda chiqarilgan. Mark Gurmanning aytishicha, 2023-yilda biz monitorning yangi versiyasini kutib olamiz. Unda ikkita o'zgarish: yangi chip va 120Hz ekranni yangilash tezligini qo'llab-quvvatlash mavjud.
iMac:Monoblok 2023-yil oxirida chiqarilishi kerak. Bu M3 chipiga ega bo'lgan birinchi qurilmalardan biri bo'ladi. Qurilma haqida boshqa ma'lumotlar yo'q.
Apple Watch 9 va Apple Watch Ultra 2:Kompaniya har yili yangi soatlarni chiqaradi. Yozish vaqtidada gadjetlar haqida ma'lumot yo'q.
iPhone 14: Ha, aynan 14, 15 emas!2023-yilning bahorida Apple xuddi shu iPhone’ni taqdim etadi, faqat boshqa rangda. Bu binafsha rangli iPhone 12 va zangori iPhone 13 ranglar kabi bo'lishi mumkin. Kompaniya buni qishki ta'tilning tugashidan keyin tomoshabinlarning qiziqishi va savdosini oshirish uchun qilmoqda. Bu safar iPhone qanday rangda bo'lishi hozircha aniq emas.
iPhone 15:Ushbu yangi mahsulot haqidagi mish-mishlar tarmoqda juda ko'p tarqalgan. Tahlilchilarning fikricha, iPhone smartfonlari USB-C porti, yangilangan korpus dizayni, sensorli ovoz balandligi va quvvat tugmalariga ega bo‘ladi. Ular Ultra versiyasi haqida ham gapirishadi. Ehtimol, u Pro Max o'rnini bosadi.
Hozircha hammasi shu. Albatta, taqdimot yaqinlashar ekan, ma’lumotlar o‘zgaradi. Chunki Apple istalgan vaqtda o‘z fikrini o‘zgartirishi va kutilganidan boshqa mahsulotni taqdim etishi mumkin. Hozircha "Apple" elektromobillari va virtual reallikka ega ko'zoynaklari haqida hech narsa deyolmaymiz. Chunki ular chiqarilish haqida faqat mish-mishlar bor, ammo ishonchli faktlar yo'q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты