Apple kompaniyasining sobiq xodimlari ekransiz "kelajak smartfoni"ni taqdim etdi

Apple kompaniyasining sobiq xodimlari Imron Chaudri va Betani Bonjorno tomonidan yaratilgan Humane startapi o‘zining birinchi mahsuloti – AI Pin qurilmasini taqdim etdi. 

Ushbu kichik peyjerga o'xshash "kelajak smartfoni" an'anaviy smartfonlarga muqobil sifatida taqdim qilindi. U magnitlar yordamida kiyim qistiriladi yoki boshqa yuzaga biriktiriladi.

Qurilma ikki qismdan: kvadrat korpus va batareya blokidan iborat. U Snapdragon protsessorida ishlaydi. AI Pin ekranga ega emas va uni ovoz yordamida boshqarish kerak. Lekin karnay va kamera, chuqurlik va harakat sensorlari bor.

Bundan tashqari, korpusga mini-proyektor o‘rnatilgan bo‘lib, u ma’lumotni tashqi yuzalarga, shu jumladan kaftga ham uzata oladi. Sensorli panelga tegish orqali ham o‘zaro aloqada bo‘lish mumkin. Ba’zi funksiyalar shu tarzda faollashtiriladi. Masalan, audio va video yozishni qo‘lda yoqishga to‘g‘ri keladi.

Yangi mahsulotning asosiy vazifasi kompaniya AI Mic deb ataydigan dasturiy ta’minot yordamida sun’iy intellekt modellariga ulanishdan iborat. ChatGPT bilan bog‘lanish – asosiy xususiyatlardan biri. Cosmos operatsion tizimi ilovalarni yuklab olish va boshqarishdan ko‘ra, foydalanuvchi so‘rovlarini avtomatik ravishda kerakli vositalarga yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan. Ishlab chiquvchilar tom ma’noda chatbotning jismoniy timsolini yaratishgan. Shu bois qurilma neyron tarmoqlarning standart funksiyalariga kirishni ta’minlaydi. U egasining uslubida xabarlar yozishi, elektron xatlar bo‘yicha hisobot tayyorlashi, fotosuratdagi mahsulotlarning ozuqaviy qiymatini tahlil qilishi va boshqa imkoniyatlarga ega.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, AI Pin butunlay avtonom qurilma. Ya’ni, undan foydalanish uchun smartfon bilan bog‘lanish shartmas. Qurilma 700 dollarga baholanmoqda. Ammo undan foydalanish uchun qiymati $24 bo‘lgan oylik obuna ham kerak bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты