Farg‘onada bazalt tola hamda sendvich panellar ishlab chiqariladi

Farg'ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona tumanidagi “MIRKO” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan bazalt tola va sendvich panel ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Ma'lum bo'lishicha, loyiha qiymati 2,5 mln dollarga teng. Ushbu korxonada yiliga bazalt asosidagi 12 ming tonna issiqlik ushlovchi materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 

Shuningdek, ishlab chiqarilgan bazalt tolasidan foydalangan holda yillik 250 ming m.kv sendvich panellar ham tayyorlanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot xorijga ham eksport qilinadi. Joriy yil yakuniga qadar ishga tushiriladigan korxonada 230 ta ish o‘rni yaratiladi. Korxonaga Xitoydan so‘nggi rusumdagi ishlab chiqarish texnologiyasi olib kelib, o‘rnatilmoqda.

Loyiha tashabbuskorlari avvalgi kredit uchun garovga taqdim etilgan mol-mulkning bir qismini garovdan yechish hamda 500 ming dollar miqdorida qo‘shimcha kredit olishga ko‘maklashish bo'yicha hokimga murojaat qilishdi. Bu murojaatlar ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Bazalt tolasi qurilish sanoati korxonalari, kimyo, neft-gaz va elektr energiyasi sohalarida keng qo‘llanadi. Yangi uy-joy qurilishida issiqlik ushlovchi materiallarning qo‘llanishi energiya yo‘qotilishini 50 foizga kamaytirishga yordam beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80403 | Инструменты