Google bugun o'zining 23 yoshini shirinlikli doodle' bilan nishonlamoqda
Aslida, "Google" ga asos solingan vaqt 1997 yilga to'g'ri keladi. Biroq, shunday bo'lsa-da, rasmiy ravishda u katta to‘rtlik texnologiya kompaniyalaridan biri sifatida 1998 yil 27 sentyabrda tashkil etilgan.
Shu sababli, bugun kompaniya o'zining 23 yoshini shirinliklar mavzusidagi doodle' bilan nishonladi. Bunga sabab, Google' har yili "Doodle 4 Google" nomli bolalar konkursini o'tkazadi. Unda kompaniya uchun yaratilgan eng yaxshi doodle'lar tanlab olinadi.
Bu yili esa Leksington xristian akademiyasining 11-sinf o'quvchisi, 16 yoshli Milo Golding mazkur tanlov g'olibi deb topilgan. Shu sababli uning asari tug'ilgan kunning asosiy ramzi sifatida o'rnatilmoqda.
U mazkur g'oliblik evaziga 30,000 dollarlik kollej stipendiyasi va o'z maktabi uchun 50,000 dollarlik texnologiya paketini yutib olgan.


Ma'lumotlarga ko'ra, 1997 yilda Google asoschisi Sergey Brin o'sha paytda Stenford universitetining aspiranti bo'lgan. O'sha paytda u Stenfordning aspiranturasida o'qishni rejalashtirgan kompaniyaning yana bir asoschisi Larri Peyj bilan uchrashib qoladi. Oradan bir yil o'tib, ushbu ikki Google asoschilari yotoqxonada birgalikda uning qidiruv tizimini yasaydi va birinchi prototipni ishlab chiqaradi. Shu tarzda 1998 yilda "Google Inc" rasmiy ravishda "dunyoga keladi".
"Har kuni Google'da dunyoning 150 dan ortiq tillarida milliardlab qidiruvlar o'tkaziladi.
Ma'lumot uchun, u Amazon, Apple va Facebook bilan birga Katta To‘rtlik texnologiya kompaniyalaridan biri sanaladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52122 | Инструменты