Huawei 1
Yangi funksiya: Endi Instagramda ham kanal ochish mumkin

Instagram ijtimoiy tarmog’i Channels (kanallar) deb nomlangan yangi chat funksiyasini ishga tushirmoqda. Endi ushbu tarmoqda ham kanallar ochish mumkin bo’ladi. Bu haqda Meta kompaniyasi direktori Mark Sukerberg ma’lum qildi. Birinchi kanal Meta Channel deb nomlandi. Ushbu kanalda kelajakda Meta xabarlarini yoritib borish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Telegram kabi Instagramda ham kanallarga qo'shilish, xabarlarni o'qish va uni tark etish mumkin bo'ladi.

Sukerbergning so’zlariga ko’ra, bunday kanallarda matnli postlar, rasmlar va so’rovnomalarni chop etish funksiyalari mavjud. Shuningdek, kelajakda qo’shimcha funksiyalar ham kiritilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Sukerberg bunday kanallar yaqin oylarda Messenger va Facebook’da ham paydo bo’lish ehtomoli yuqori ekanligini ma’lum qildi.

Uning qo’shimcha qilishicha, hozircha Instagram kanalidagi postlarga izoh qoldirish funksiyasi mavjud emas, biroq “layk” bosish mumkin bo’ladi.

TechCrunch maʼlumotlariga koʻra, avval Instagram Kanallarni Qoʻshma Shtatlardagi tanlangan 14 nafar mualliflar bilan sinovdan oʻtkazadi. Yaqin oylarda ushbu funksiyani platformaning boshqa foydalanuvchilari ham ishlatishi mumkin bo'ladi.

Avvalroq Instagram dunyoning eng boy uy hayvonlari reytingini e'lon qilgan edi.

Izohlar: 10
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93002 | Инструменты