Huawei 1
“Instagram” dunyoning eng boy uy hayvonlari reytingini e'lon qildi

“Instagram” ijtimoiy tarmog'i tahlilchilari eng boy uy hayvonlarining roʻyxatini tuzishdi. Bu hayvonlarning ijtimoiy tarmoqdagi bitta posti qancha turishi ham ma'lum qilingan.

Unga ko'ra, amerikalik qoʻshiqchi Teylor Sviftga qarashli Oliviya Benson laqabli mushuk eng boy hayvonlar roʻyxatida uchinchi oʻrinda (97 mln dollar), deb yozadi “All About Cats”.

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur Nala laqabli mushuk — 100 mln dollarli millioner esa ikkinchi o'rindan joy olgan.

Biroq boylik boraasida hech qaysi mushuk nemis ovcharkasiga yeta olmaydi. Gyunter VI laqabli bu it Italiyaning Gunther Corporation mediakompaniyasiga qarashli boʻlib, uning hisobida naq 500 million dollar puli bor. Shu sababli u dunyoning eng boy hayvonlar reytingida yetakchilikni saqlab bormoqda.

Oliviya Bensondan keyingi oʻrinlarni amerikalik taniqli teleboshlovchi Opra Uinfrining itlari egallagan: Sedi, Sanni, Loren, Leyla va Lyuk. Eng boy uy hayvonlari roʻyxatida, qolaversa, marhum modelyer Karl Lagerfeldning mushugi (13 mln dollar), marhum aktrisa Betti Uaytning Pontiak laqabli iti (5 mln dollar)ni uchratishimiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93004 | Инструменты