Ushbu loyiha doirasida 4000 dan ortiq do‘kon, logistika markazi, xalqaro tibbiyot markazi, mehmonxona va yotoqxona, restoranlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, shuningdek, dam olish maskanlari barpo etilmoqda
Bugun, 7-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Termiz xalqaro savdo markazi – INTERMEX loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Termiz xalqaro savdo markazi faoliyatini tashkil etishdan maqsad — O‘zbekiston hamda Afg‘oniston o‘rtasida tovar va xizmatlarning erkin almashinuvini ta’minlash va bu bo'yicha qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.
Ushbu xalqaro savdo markazi Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida, O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasiga yaqin joyda joylashgan. Loyihaning umumiy maydoni 260 000 kv. metrni tashkil etadi.Ushbu loyiha doirasida 4000 dan ortiq do‘kon, ishlab chiqarish maydoni, eksport-import operasiyalari bo‘yicha logistika markazi, xalqaro tibbiyot markazi, mehmonxona va yotoqxona, restoranlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, shuningdek, sun’iy suv havzasi bo‘lgan keng ko‘lamli dam olish maskanlari barpo etilmoqda.
Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Termiz xalqaro savdo markazi hududida xizmat ko‘rsatish, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va boshqa bir qator infratuzilma obektlari tashkil etilgan.
Shuningdek, tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida Termiz xalqaro savdo markazi – INTERMEX hududida alohida soliq va bojxona imtiyozlari hamda Afg‘oniston va boshqa qo‘shni davlatlar fuqarolari uchun 10 kun muddatga vizasiz maxsus rejim joriy etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21209 | Инструменты