Telegramda to'rt harfli foydalanuvchi nomlari sotuvga chiqarilishi mumkin

Telegram asoschisi o‘z blogida messenjerning keyingi versiyalarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangiliklar haqida yozdi. Katta ehtimol bilan tez orada platformani monetizatsiya qilish Premium obunasi bilan cheklanib qolmaydi va foydalanuvchilar o'zlarining profillari va chatlarini sozlash uchun yangi imkoniyatlarga ega bo'lishadi. Albatta ma’lum bir haq evaziga.

Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, @storm yoki @royal kabi millionlab jozibali foydalanuvchi nomlariga qo'shimcha ravishda barcha to'rt harfli “username”lar sotuvga chiqarilishi mumkin, masalan: @bank, @club, @game, @gift va boshqalar. Eslatib o'tamiz, hozirda Telegramda "username" kamida 5 ta harfdan iborat bo'lishi kerak.

“Jozibali foydalanuvchi nomi egalari ularni boshqa odamga himoyalangan bitimlar orqali o'tkazishlari mumkin bo'lgan yangi platforma yaratilishi mumkin. Bunda egalik huquqi blokcheynda NFT-ga o'xshash smart-kontraktlar orqali ta'minlanadi”, - dedi Telegram asoschisi.

Tadbirkorning so’zlariga ko’ra, Telegram ekotizimining boshqa elementlari, jumladan kanallar, stikerlar yoki emojilar ham keyinchalik ushbu bozorning bir qismiga aylanishi mumkin. Ya’ni yagona havfsiz onlayn bozorda turli xil kanallar, stikerlar, hattoki emojilar sotila boshlaydi.

Durov ushbu yangiliklarning qachon paydo bo‘lishini aniq vaqtini aytmadi, biroq kompaniya “yaqin haftalarda Telegram’ga bir oz Web 3.0 qo‘shishi mumkin”ligini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61713 | Инструменты