Huawei 2
Xotin-qizlar uchun IT Star tanloviga arizalar qabul qilinmoqda

IT ta’lim Uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati homiylari bilan birgalikda IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar uchun mo‘ljallangan "IT Star" tanloviga start berdi.

Tanlov g‘oliblari 40 ta nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi.

"Biz iqtidorli loyiha menejerlari, marketologlar, dasturchilar, grafik dizaynerlar, IT rekruterlar va IT sohasi bilan bog‘liq har qanday yonalishda faoliyat yuritadigan (jurnalistlar, yurist, talaba, o‘quvchi, tadqiqotchi, muhandis va boshqalar) yulduzlarini ularning yutuqlarini munosib mukofotlar bilan taqdirlash uchun izlayapmiz", deyiladi xabarda.

Arizalarni joriy yilning 1-mayigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Natijalar 11-maygacha e’lon qilinadi.

Tanlovda O‘zbekistonda yashovchi 12 yoshdan oshgan ayol va qizlar mutlaqo bepul ishtirok etishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga