Yangi iPhone’lar quloqchinsiz va quvvat adapterisiz chiqarilishi mumkin

«Tishlangan olma» yangi avlodlarining qutisida faqatgina iPhone va USB-C – Lightning tipidagi kabel bo'ladi.  Simli quloqchin – EarPods va quvvat adapteri iPhone 12 smartfonlar komplektidan chiqarib tashlandi.

Xabarda aytilishicha, kompaniya yangi mahsulotlar taqdimotini an'anaga ko'ra, sentyabrda o'tkazadi. Ammo ayrim modellarga faqatgina oktyabr va noyabrdagina buyurtma berish mumkin bo'ladi.

Ma'lumot uchun

Apple bu yil  5G texnologiyasiga ega, OLED ekranli 12-avlod smartfonlarini yaratishni reja qilmoqda. Gap-so'zlarga qaraganda, ular iPhone 12 va iPhone 12 Pro, deb ataladi. Ulardan har biri ikkitadan katta hajmli (ekran diagonali 6,1 dyuym va 6,7 dyuymli bo'lgan) modelda taqdim qilinadi.

Yangi texnikalar iPhone 11, iPhone 11 Proga qo'yilgan A13 Bionic bilan emas, balki yanada yaxshi A14 Bionic protsessorlari bilan ta'minlanadi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12513 | Инструменты