O'zbekistonda ilk virus qayd etilishi, eskalatorning paydo bo'lishi, inson huquqlari... 15-mart sanasi tarixga qanday nomlar bilan kirgan?
- 15- mart - Xalqaro iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
(World Consumer Rights Day)
AQShda Kongressning 1962 yil 15 mart kuni o‘tkazilgan majlisida sobiq prezident Jon Kennedi nutq so‘zlaydi. Unda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilib chiqadi va ularning asosiy huquqlarini o‘z ichiga olgan deklaratsiyani imzolaydi.
1983 yildan buyon ushbu sana butun dunyoda Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.
- 2020-yil 15-mart - O'zbekistonda Koronavirus infeksiyasi bilan qayd e'tilgan ilk holat aniqlangan.
Oʻshanda Fransiyadan qaytgan shifokorda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangandi.
- 1892 yil 15-mart - Eskalatorning tug'ilgan kuni.
O'sha davrda ixtirochi Reno eskalator moslamasini ishlab chiqarishni patentlagan. Biroq, bu vaqtda"OTIS" kompaniyasi eskalatorni ommaviy tarzda ishlab chiqargan va hayotga joriy qilgandi.
«OTIS» kompaniyasi "Eskalator" savdo belgisiga 1950 yillarning boshlariga qadar egalik qilib kelgan.
Shundan so’ng AQSh Patent idorasi barcha harakatlanuvchi zinapoyalar uchun ishlatiladigan atamani umumfoydalanish uchun ochiq deb qaror chiqaradi.
- 15-mart yana Butunjahon nutq kuni sifatida ham nishonlanadi.
Ushbu kun ilk bor 2015-yilda Afina Demokratiya forumida boshlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21904 | Инструменты