2013-yil 20-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida yovvoyi fauna va flora haqida xabardorlikni oshirish maqsadida 3-martni Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Bu yilgi kun shiori — “Yovvoyi tabiatni asrashni moliyalashtirish: insonlar va sayyoraga sarmoya kiritish”dir. Ushbu shior insonlar va sayyora uchun farovon kelajak qurishda moliyaviy jarayonlarni yanada samarali va barqarorlashtirish, buning uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi.
1 milliondan ortiq hayvon turlari yoʻqolib ketish xavfi ostida va uch tomonlama sayyora inqirozi (iqlim o'zgarishi, biologik xilma-xillikning yo'qolishi va atrof-muhit degradatsiyasi) kuchayayotgan bir paytda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish uchun innovatsion moliyalashtirish har qachongidan ham dolzarb hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston bioxilma-xilligi 27 ming turni o‘z ichiga oladi. Xususan, 15 ming turga yaqin umurtqasiz hayvonlar, 700 turdan ortiq umurtqali hayvonlar, 100 turdan ortiq sutemizuvchilar, 500 turga yaqin qushlar, 60 turdan ortiq sudralib yuruvchilar, 80 turga yaqin turi baliqlar va boshqa turdagi fauna vakillari mavjud.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30321 | Инструменты