Avvalroq XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan edi.
Bugun, 20-mart kuni Londonda 40 dan ortiq davlatning adliya vazirlari uchrashadi, deb xabar bermoqda AFP. Ular Xalqaro jinoiy sudni (XJS) qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish bo'yicha muzokaralar olib boradi. Avvalroq XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan edi.
Xalqaro jinoiy sud Rim statutiga asoslanadi, uni 120 ga yaqin davlatlar imzolagan. XJS a'zo davlatlardan yordam so'ragach, ular darhol gumondorni hibsga olishlari va mahalliy sudga olib kelishlari kerak. Xalqaro jinoiy sud yurisdiktsiyasini Rossiya, Ukraina, AQSh, Xitoy, Isroil va boshqa ko'plab davlatlar tan olmaydi.
Buyuk Britaniya Bosh prokurori Dominik Raab o'zining Twitter sahifasida bu uchrashuv “Xalqaro sudlovni qo'llab-quvvatlashning tobora ortib borayotganini ko'rsatishi”ni yozdi.
Ma'lum qilinishicha, Londondagi tadbir Ukraina adliya vaziri Denis Malyuska, bosh prokurori Andrey Kostin, hamda Buyuk Britaniyadan XJS prokurori Karim Xonning chiqishlari bilan ochiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты