Amerika razvedkasi Eron tomonidan AQSH hududida hujumlar sodir etilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi qoshidagi Razvedka va tahlil boshqarmasining maʼlum qilishicha, oyatulloh Xominaiy AQSH va Isroil zarbalari oqibatida o‘ldirilganidan keyin Eron va uning proksi kuchlari javob tariqasida Qo‘shma Shtatlar hududida hujumlar uyushtirishi mumkin. Shu bilan birga, razvedka maʼlumotlariga ko‘ra, keng ko‘lamli to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum ehtimoli past baholanmoqda.

Taʼkidlanishicha, yaqin istiqbolda asosiy xavotir amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan kiberhujumlar bilan bog‘liq.

AQSH Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem milliy xavfsizlikka doir har qanday ehtimoliy tahdidlarni diqqat bilan kuzatish va ularning oldini olish maqsadida federal razvedka hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan bevosita muvofiqlashtirish ishlarini olib borayotganini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30314 | Инструменты