Ipsos tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning atigi 27 foizi Eronga zarbalarni ma’qullagan, 43 foizi bunga qarshiligini aytgan. Respondentlarning 30 foizi mazkur masala bo‘yicha aniq pozisiya bildirmagan.
Bundan tashqari amerikaliklarning 56 foizi “prezident Tramp tashqi siyosatda harbiy kuchdan foydalanishga haddan tashqari moyil”, deb hisoblaydi. Demokratlar orasida bu ko‘rsatkich 87 foizga yetgan bo‘lsa, respublikachilarning 23 foizi shunday fikrda.
So‘rovnomada ishtirok etgan respublikachilarning 42 foizi agar Yaqin Sharqda amerikalik harbiylar halok bo‘lsa yoki yaralansa, bu kampaniyani qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.
"Neft narxining oshishi ham jamoatchilik fikriga ta’sir qiladi: respondentlarning 45 foizi yoqilg‘i narxi qimmatlasa, fikrini qayta ko‘rib chiqishini aytgan", deya yozmoqda Reuters.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30312 | Инструменты