Huawei 1
Apple 2022-yilning eng yaxshi o'yinlari va ilovalarini e'lon qildi

“Apple” kompaniyasi “App Store Award-2022” konkursi g'oliblarini e'lon qildi. An’anaviy tarzda tashkil etiluvchi ushbu konkursda App Store’dan joy olgan 16 ta yilning eng mashhur ilovalari va o'yinlari e'lon qilindi. Unga ko'ra, quyidagi ilova va o'yinlar g'olib deb topildi:

Ilovalar:

• iPhone uchun yil ilovasi — BeReal;
• iPad uchun yil ilovasi — GoodNotes 5;
• Mac uchun yil ilovasi — MacFamilyTree 10;
• Apple TV uchun yil ilovasi — ViX;
• Apple Watch uchun yil ilovasi — Gentler Streak.

O'yinlar:

• iPhone uchun yil o'yini — Apex Legends Mobile;
• iPad uchun yil o'yini — Moncage;
• Mac uchun yil o'yini — Inscryption;
• Apple TV uchun yil o'yini — El Hijo;
• Apple Arcade uchun yil o'yini — Wylde Flowers;
• Xitoyda yil o'yini — League of Legends Esports Manager.

Shuningdek, “App Store” muharrirlari “Madaniy taʼsir” turkumidagi odamlarni oʻz his-tuygʻulariga eʼtibor berishga undaydigan, insonlar o'rtasidagi munosabatlarning qalinlashuviga olib keladigan yilning eng yaxshi 5 ta ilovasi nomini ham e'lon qildi. Ular quyidagilar:

“How we feel” dasturi. Ushbu ilova oddiy testlar yordamida hissiy holatingizni baholashga yordam beradi;
“Dot’s Home” o'yini. Ushbu o'yin tizimli adolatsizliklar haqida ta’kidlaydi;
“Locket Widget” ilovasi. Ushbu ilova oilangiz va doʻstlaringiz suratlarini bosh ekranga qoʻyish imkonini beradi;
“Waterllama” ilovasi. Ushbu ilova ichimlik rejimini rangli dizaynda va yoqimli yordamchi belgilar bilan saqlashga yordam beradi;
“Inua - A Story in Ice and Time” o'yini. Ushbu ilova sizga sirli sarguzashtni taklif etadi. Unda siz Inuit an'analari, folklor va ertak elementlari bilan bog'langan tarixiy voqealarni o'rganishingiz mumkin bo'ladi.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты