AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni, jabrlanganlarning shaxsiy maʼlumotlari oshkor bo‘lgani tufayli internetdan olib tashladi — The New York Post

Nashrning sud hujjatlariga tayanib xabar berishicha, fayllarni o‘chirish qarori, Epshteyndan jabrlanganlarning manfaatlarini himoya qiluvchi advokatlar Nyu-Yorkdagi ikki sudyaga hujjatlarning halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini maʼlum qilganidan keyin qabul qilingan.

Advokatlarga ko‘ra, taxminan 100 nafar jabrlanuvchining shaxsiy hayoti juma kuni nashr etilgan 3 milliondan ortiq hujjatlardagi beparvo tahrir tufayli “tubdan o‘zgardi”. Hujjatlarda jabrlanganlarning fotosuratlari, elektron pochta manzillari, ismlari va bank hisoblari haqidagi maʼlumotlar ommaga ochiq bo‘lgan.

Nyu-York janubiy okrugining prokurori Jey Kleyton, Jeffri Epshteyn va Gisleyn Maksvell ishtirokidagi odam savdosiga oid ishlarni nazorat qiluvchi sudyalar Richard Berman va Pol Engelmayerga yozgan maktubida, Adliya vazirligi jabrlanuvchilar yoki ularning vakillari ko‘rsatgan barcha materiallarni olib tashlaganini maʼlum qildi.

Shuningdek, vazirlik o‘zi ham "o‘chirilishi lozim bo‘lgan" hujjatlarning katta qismini aniqladi. Departament tahrirdagi ko‘plab xatoliklarni "texnik yoki inson omili" bilan izohladi va maxfiy hujjatlar bilan ishlash protokollarini qayta ko‘rib chiqishini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20517 | Инструменты