Huawei 2
AQSh Boeingga nisbatan yangi tergov boshladi

AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) Boeing 787 Dreamliner samolyotini sinovdan o‘tkazishda hujjatlarni qalbakilashtirishda gumon qilingan Boeing samolyotlarini ishlab chiqaruvchi korxona xodimlariga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi Boeing 787 Dreamliner qanotlari va fyuzelyajining tutashgan joyida to‘g‘ri bog‘langanligi va yerga ulanganligi tasdiqlanganmi yoki yo‘qligini tekshirishni rejalashtirmoqda. Reuters xabariga ko‘ra, kompaniya xodimlari texnik hujjatlarni soxtalashtirishda gumon qilinmoqda.

FAAning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya allaqachon ushbu seriyadagi barcha samolyotlarni qayta tekshirmoqda va aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish rejasini ishlab chiqmoqda.

Aprel oyi boshida Boeing muhandisi Sem Salehpur Boeing kompaniyasining uzoq masofali 787 Dreamliner samolyotlarining fyuzelyajlarida ularni ishlab chiqarish va yig‘ish bilan bog‘liq jiddiy nuqsonlar bo‘lishi mumkinligini aytdi.

12-mart kuni Boeing AQSH Federal aviatsiya maʼmuriyati tomonidan 89 ta texnik koʻrikdan 33 tasida muvaffaqiyatsizlikka uchragani maʼlum boʻldi. 737 MAX fyuzelyajini ishlab chiqaruvchi Spirit AeroSystems 13 ta tekshiruvdan yettitasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga