Huawei 1
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi

Sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalarga ixtisoslashgan DeepSeek kompaniyasi Xitoy harbiylari va razvedka xizmatlariga yordam beradi. Bu haqda amerikalik yuqori martabali amaldorga tayanib, Reuters xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy startapi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridagi soxta kompaniyalardan foydalangan holda Xitoyga yetkazib berish taqiqlangan yangi yarimo‘tkazgichlarni qo‘lga kiritishga uringan. 

DeepSeek, xususan, foydalanuvchilarga oid ma’lumotlar va statistikani davlat organlari bilan bo‘lishishda ham ayblanmoqda.

Xitoyda faoliyat yuritadigan kompaniyalar Pekin so‘roviga javoban barcha ma’lumotlarni taqdim etishga majbur. DeepSeek o‘zining maxfiylik siyosati to‘g‘risidagi savollarga javob qaytarmagan.

Reuters suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, DeepSeek Xitoy Qurolli kuchlari va mamlakat mudofaa sanoati majmualariga bog‘liq boshqa tashkilotlarning xaridlariga aloqador hujjatlarida 150 martadan ortiq tilga olingan. Uning aytishicha, kompaniya Xitoy armiyasi tadqiqot institutlariga xizmat ko‘rsatgan.

Amerikalik amaldor, shuningdek, DeepSeek Nvidia’ning ko‘plab H100 mikrochiplariga egalik qilishini ta’kidlagan. 2022 yildan beri ushbu chiplarni yetkazib berish AQSh eksport cheklovlari ostida.

Nvidia’ning eng zamonavit chiplarini XXRga litsenziyasiz olib kirish Amerika eksport qoidalarini buzsada, Xitoy kompaniyalariga mamlakatning ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarida ushbu chiplardan masofadan turib foydalanishga ruxsat etilgan.

DeepSeek kompaniyasi yanvar oyida DeepSeek-V3 nomli yangi sun’iy intellekt tizimini taqdim etgandi. Kompaniya vakillarining qayd etishicha, model ikki oy davomida takomillashtirilgan va unga 6 million dollardan kamroq mablag‘ sarflangan — Amerika kompaniyalari esa bu kabi yo‘nalishlarga o‘nlab barobar ko‘p xarajat qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62413 | Инструменты