Huawei 1
AQSh Eronga uran zaxirasini Rossiyaga topshirishni taklif qildi - The Guardian

AQSh Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha muzokaralar doirasida Tehron o‘zining yuqori boyitilgan uranini uchinchi davlat — masalan, Rossiyaga topshirishini taklif qildi, deb yozmoqda The Guardian.

Qayd etilishicha, ushbu taklif 12 aprel kuni O‘monda bo‘lib o‘tgan bilvosita muzokaralar davomida ko‘rib chiqilgan va ehtimoliy kelishuvga erishish yo‘lidagi asosiy «xalaqit beruvchi toshlardan» biri hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron o‘zining uran zaxiralarini uchinchi davlatga topshirish bo‘yicha AQShning taklifiga «qarshilik ko‘rsatadi».

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov The Guardian’dagi ma’lumotlarga izoh bermasligini ma’lum qilgan.

Eron va AQSh delegatsiyalari 12 aprel kuni O‘mon poytaxti Masqatda bilvosita muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvdan keyin Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar yaxshi o‘tganini bildirdi. Muzokaralarning ikkinchi raundi 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Eron muzokaralarda o‘zining yadroviy dasturini cheklash evaziga Amerika sanksiyalari yumshatilishini talab qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41617 | Инструменты