AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Rossiyaning taktik yadro qurolidan foydalanish rejalari haqida hozirgacha hech qanday aniq dalil ko’rmayotganini aytdi. Bu haqda u Amerikaning PBS telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.
“Menimcha, bu qurol haqida gaplar qo’rqitish uchun qilingan. Hozirgacha biz taktik yadro qurolidan foydalanish rejalari haqida aniq dalillarni ko’rmayapmiz”, - dedi Berns.
Uning so’zlariga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Rossiyaga yadro qurolidan foydalanish qanday jiddiy xavf-xatarlarga olib kelishini juda aniq tushuntirib bergan.
“O’ylaymanki, Xitoy rahbari Si Szinpin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham yadro qurolidan foydalanish borasida o’z xavotirlarini bildirgani juda foydali bo’ldi. Menimcha, bu ham rossiyaliklarga ta’sir o’tkazadi”, - deya qo’shimcha qildi Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari.
Avvalroq, Germaniya kansleri Olaf Shols xalqaro bosimga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urushda yadro qurolidan foydalanish xavfi kamayganini ma’lum qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40413 | Инструменты