Huawei 1
AQShda NASAning o'nlab dasturlari to'xtatiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi — NASA uchun ajratiladigan mablag‘larni keskin qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bloomberg xabariga ko‘ra, Oq uy NASA ilmiy dasturlari uchun ajratilgan byudjetni 50 foizga — 3,9 milliard dollargacha qisqartirishni taklif qilgan.

Mazkur taklif federal xarajatlarni kamaytirish strategiyasining bir qismi sifatida taqdim etilgan bo‘lib, mutaxassislar buni agentlik tarixidagi eng past moliyalashtirish darajalaridan biri sifatida baholamoqda.

Nashr manbalarining qayd etishicha, ushbu keskin qadam natijasida NASA’ning 40 dan ortiq ilmiy missiyasi va tadqiqot loyihasi yopilishi mumkin. Bu esa fazoni o‘rganishdagi ilmiy izlanishlar, iqlim kuzatuvlari va texnologik innovatsiyalarni jiddiy orqaga surishi ehtimolini kuchaytiradi.

Bundan tashqari, Oq uy NASA’ni barqaror rahbariyatsiz va Xitoy hamda boshqa global raqobatchilar bilan samarali raqobat yuritish uchun zarur strategik yo‘nalishlarsiz qoldirganlikda tanqid qilinmoqda.

NASA kelajakdagi missiyalar, jumladan Oy va Marsga parvozlar, sun’iy yo‘ldosh tarmoqlari va Yer iqlimini kuzatish loyihalari uchun baribir global miqyosda muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Ammo byudjet qisqarishi ushbu rejalarga jiddiy to‘siqlar keltirishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61414 | Инструменты