Huawei 1
AQSHdagi eng yirik banklardan biri - Silicon Valley Bank bankrot bo'ldi

Kaliforniya moliyaviy himoya departamenti juma kuni AQShning eng yirik banklaridan biri bo’lgan Silicon Valley Bank bankrot bo’lganini e’lon qildi.

Bu AQShda 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan keyingi eng yirik bank inqirozi bo’ldi, deb yozadi CNN nashri.

Qayd etilishicha, Silikon vodiysidagi korxonalarning yetakchi kreditorlaridan biri bo'lgan bank ikki kundan ham kamroq vaqt ichida bankrot bo’lgan.

9-mart, payshanba kuni bank qimmatli qog’ozlar bilan muvaffaqiyatsiz bitim tuzganligi va yo’qotishlarni qoplash uchun 2,25 milliard dollarga qo’shimcha aksiyalar chiqarishini ma’lum qildi.

Konsalting agentliklari omonatchilarga o’z mablag’larini bank hisobvaraqlaridan olib qo’yishni tavsiya qildi, bu esa likvidlikning keskin pasayishiga olib keldi.

10-mart, juma kuni ertalab pullarni yechib olish shunchalik tezlashdiki, regulyator bankni bankrot deb e’lon qilishga majbur bo’ldi, garchi bunday e’lonlar odatda kechqurun birja savdolari yopilgandan keyin amalga oshiriladi.

Silikon Valley depozitlarni sug’urtalash bo’yicha Federal komissiyasi boshqaruviga o’tkazildi. Ma’lum qilinishicha, bank kapitalining qolgan qismi omonatchilarga kompensatsiya to’lash va kreditorlar oldidagi qarzlarni qaplash uchun sarflanadi.

The Wall Street Journal nashrining qayd etishicha, bunday yirik bankrotlik holati 2008-yil inqirozini eslatib, zanjirli reaksiya davom etishi hamda moliyaviy tizimga yangi zarbalar berishi mumkin bo’lsa-da, birjalar bunga hozirgacha mo’tadil munosabat bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92901 | Инструменты