Huawei 1
AQShning Osprey harbiy kemasi Yaponiya qirg‘oqlarida halokatga uchradi

Bortida sakkiz nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan amerikaning Osprey harbiy samolyoti Yaponiya qirgʻoqlarida halokatga uchradi. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tayanib, AFP xabar berdi.

"Bugun soat 14:47 da Osprey harbiy samolyoti Yakusima oroli yaqinida qulagani haqida ma'lumot oldik", - dedi Sohil xavfsizlik xizmati vakili.

Samolyot qulagan Yakusima oroli Yaponiyaning Kyusyu orolidan janubda joylashgan.

NHK telekanali maʼlumotlariga koʻra, Osprey AQShning Yamaguchi mintaqasidagi Ivakuni bazasidan Okinavadagi Kadena bazasiga koʻtarilgan. Mudofaa vazirligidagi manbalarning xabar berishicha, CV-22 Osprey Amerikaning Tokiodagi Yokota aviabazasiga tegishli bo‘lgan.

Aytib o'tish lozimki, oxirgi bir necha yil ichida Osprey samolyotlari ko'p bora aviahalokatga uchradi. Jumladan, avgust oyida Avstraliya shimolidagi falokat sabab samolyot bortidagi 23 nafar AQSh dengiz piyodasidan uchtasi halok bo'lgan. 

Shuningdek, 2022-yilda Norvegiyada MV-22B Osprey samolyoti NATO mashg‘ulotlari chog‘ida qulab tushgan edi. O'sha paytda AQSh dengiz piyodalarining to‘rt nafari halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 2017-yilda Osprey Avstraliyaning shimoliy qirg‘oqlari yaqinida dengizga qo‘nmoqchi bo‘lgan transport kemasining orqa qismiga urilib, uch nafar ekipaj a’zosi, 2000-yilda esa Arizona shtatida mashg'ulot paytida halokatga uchraganida 19 nafar harbiy halok bo'lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga