Huawei 1
Atlantika okeanidagi global isish tufayli ikkita ulkan aysberg ajralib, kemalarning yuk tashish yo'laklariga qarab siljiy boshladi

Discovery tadqiqot kemasi mutaxassislari ikkita ulkan aysberg Atlantika okeanidagi asosiy muzdan ajralib chiqqanni ma’lum qidi.  

Ular yuk tashish yo’llari tomon siljib borayotgan "shaharlar" bo’lib, kemalar uchun tobora ko’proq xavf tug’dirmoqda, deya qo’shimcha qiladi tadqiqotchilar.

Sharqiy Angliya universiteti professori Geraint Tarlingning so’zlariga ko’ra, aysberglarga A76 - kattaroq va A81a – kichikroq nomi berilgan.

Ma’lum qilishicha, A76 aysbergi A81a dan ikki baravar katta bo’lib unini butunlay aylanib o’tish uchun bir necha kun kerak. 

Shu bilan birga, yuk kemalari uchun asosiy xavf aysberglarning o'zi emas, balki ulardan ajralib chiquvchi bo'laklar hisoblanadi. Ular yashirin ravishda kema yo'llariga yaqin suzib kelishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu aysberglarning tabiiy erishi o’n yillar davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42817 | Инструменты