Xavfsizlik sohasidagi Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh alyansi (AUKUS) Kanberraga atom suv osti kemalarini yetkazib berish bo’yicha kelishuvni e’lon qildi.
Unga ko’ra, Avstraliya 2030-yillarning boshida AQShdan uchta suv osti kemasini sotib oladi va bundan tashqari, yana ikkita suv osti kemasi uchun kelishuvga erishishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, 2040-yilning boshiga kelib, Kanberra Buyuk Britaniya loyihasiga muvofiq yangi turdagi SSN AUKUS yadroviy suv osti kemasini ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda, u "ilg’or Avstraliya va Amerika texnologiyalari" bilan jihozlanadi.
Atom suv osti kemalari sohasidagi hamkorlik tafsilotlari AQSh prezidenti Jo Bayden, Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak va Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanes o’rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.
Baydenning taʼkidlashicha, gap yadro quroliga ega bo’lmagan suv osti kemalari haqida ketmoqda. Avstraliya ular uchun yoqilg’i ham ishlab chiqarmaydi.
Bundan tashqari, tomonlar yangi yadroviy suv osti kemalarini ishlab chiqarishdan tashqari, 2027-yildan boshlab Avstraliyada AQSh va Britaniya suv osti kemalarini rotatsiya asosida joylashtirishga ham kelishib oldilar. Ularning bir qismi sifatida Britaniyaning Astute sinfidagi bitta suv osti kemasi va Amerikaning Virjiniya sinfidagi to’rttagacha suv osti kemalari kirishi aytilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80214 | Инструменты