Avstraliyada 200 ga yaqin kit qirg‘oqqa chiqib, halok bo'ldi
Avstraliyaning Tasmaniya orolida 200 ga yaqin kitlar qirg‘oqqa chiqib, halok bo‘ldi. Bu haqda "The Guardian" xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, plyajda 230 ta kit topilgan, ulardan atigi 35 tasi tirik.
“Bizning sohilda 35 ga yaqin jonivor hali ham tirik va bugun, 22-sentabr kuni ertalab asosiy e’tibor ularni qutqarishga qaratiladi. Afsuski, bunday plyajdan o'lim ko'rsatkichi yuqori. Bu, asosan, Tasmaniya orolidagi sharoitlar bilan bog'liq", - dedi yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo'yicha shtat operatsiyalari direktori Brendon Klark.
Maʼlumotlarga koʻra, kitlar Maguari porti yaqinida qirgʻoqqa chiqib ketgan. Bu erda deyarli ikki yil oldin ham xuddi shunday holat sodir bo'lgan. Unda 500 ga yaqin delfin qirg'oqqa chiqib qolgan, ularning 300 dan ortig'i ko'ngillilarning sa'y-harakatlariga qaramay halok bo'lgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52321 | Инструменты