Bangladesh Millatchi Partiyasi saylovlarda g'alaba qozondi

Xalqaro axborot agentliklari juma, 13-fevral kuni xabar berishicha, Bangladesh Millatchi Partiyasi (BNP) Bosh vazir Shayx Hasinaning lavozimidan chetlatilganidan keyingi birinchi parlament saylovlarida g'alaba qozondi.

Mahalliy The Daily Star gazetasining xabar berishicha, BNP va uning ittifoqchilari ovozlarning 83 foizi sanab chiqilgandan so'ng 299 ta saylov okrugidan 181 tasida g'alaba qozonishdi. Partiya 350 a'zodan iborat parlamentda ko'pchilik o'rinni egallash uchun zarur bo'lgan 151 o'rinli chegaradan oshib o'tdi. Parlamentdagi ellik o'rin ayollar uchun ajratilgan bo'lib, g'olib partiyalar o'rtasida mutanosib ravishda taqsimlangan.

Bangladeshning eng yirik islomiy partiyasi "Jamaat-e-Islomi" va u boshchiligidagi konservativ-diniy ittifoq 61 o'rinni qo'lga kiritdi. Rasmiy saylov natijalari hali e'lon qilinmagan. Saylov komissiyasi saylovchilarning 59,44% ishtirok etganini ma'lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21316 | Инструменты