Huawei 1
Baydenning birinchi qarori musulmonlarga tegishli bo'ldi

Jo Bayden yangi lavozimiga o’tirishi bilan, endilikda sobiq prezident, Donald Tramp tomonidan imzolangan 15ga yaqin qarorlarni bekor qildi.

Chorshanba oqshomida o’zining yangi ofisida Bayden tezroq harakat qilish lozimligini, “kutib o’tirishga vaqt yo’qligini” ta’kidladi.

"Bugun imzo chekadigan qarorlarim pandemiyaga, iqlim o’zgarishlariga qarshi kurashga, irqiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan”, dedi Bayden.

Bayden, birinchi navbatda, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga qaytishni, Parij iqlim kelishuviga qayta a’zo bo’lishni o’z oldiga maqsad qilgan.

Asosiy qarorlardan biri imigratsiya masalalariga qaratilgan edi. Jumladan, Bayden ba’zi Musulmon davlatlarga qarshi tadbiq qilingan ta’qiqni bekor qildi. Ushbu davlatlar qatorida qo’shni Qirg’iziston ham bor edi.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Gafur
    -3
    Gafur 3 yil avval

    Qirg'iziston Rossiyani ihtiyorida

  • Shahzod
    5
    Shahzod 3 yil avval

    Qirgʻigʻiston AQSHga qarammi


Tepaga