Huawei 1
Bloomberg: Harris keyingi hafta Zelenskiy bilan uchrashmoqchi

AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris kelasi hafta Vashingtonga tashrif buyurganida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi. Avvalroq Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Zelenskiy bilan ehtimoliy uchrashuv haqida ma’lum qilgandi.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Harris xonimga Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv “tashqi siyosat profilini kengaytirish” uchun kerak. Bloomberg materialida aytilishicha, Vladimir Zelenskiy AQShga tashrifi chog‘ida prezident Jo Bayden bilan mojaroni hal qilish rejasini bo‘lishmoqchi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Ukraina prezidenti ham Harris va Tramp bilan “oʻz rejalarini baham koʻrishga tayyor”.

Bundan tashqari, Bloomberg manbalarining ta'kidlashicha, Vladimir Zelenskiy Qo'shma Shtatlardagi uchrashuvlarda "NATO va Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lishni", shuningdek, iqtisodiy va xavfsizlik kelishuvlarini talab qilishni rejalashtirmoqda. Ukraina prezidenti, shuningdek, zamonaviyroq qurollar yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqchi.

Avvalroq Donald Tramp Reuters jurnalisti bilan suhbatda kelasi hafta Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini aytgandi. U tafsilotlarni keltirmadi. 18-sentabr kuni Vashingtonda Kamala Harris va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida rejalashtirilgan uchrashuv haqida CNN manbalarga tayanib yozdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты