Huawei 1
Borrel: Trampning Oq uyga qaytishi Yevropa ittifoqini hushyor torttirishi kerak

1-dekabrda o‘z lavozini tark etayotgan Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel fikricha, AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning Oq uyga qaytishi Yevropa ittifoqini hushyor bo‘lishga majbur qilishi kerak.

Biz “Breksit”ga qanday munosabatda bo‘lsak, Tramp bilan ham shunday qilishimiz kerak: birgalikda harakat qilib, bo‘linib ketishimizga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak, dedi diplomat Ispaniyaning La Razon gazetasiga bergan intervyusida.

Trampning “Amerika hammadan ustun” g‘oyasi butun dunyo va Yevropa uchun xavfli. Trampning qaytishi Yevropani hushyor bo‘lishga majbur qilishi kerak, deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Borrel Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha ham munosabat bildirdi.

“Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘t ochishni to‘xtatish zarurati bo‘lgan G‘azo sektorida harbiy amaliyotlarni davom ettirishni xohlayotganga o‘xshaydi. Qisqa muddatda G‘azoda tinchlikka erishish oson bo'lmasligidan qo'rqaman”, dedi Borrel.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa ittifoqi aʼzolari o‘rtasida Yaqin Sharqdagi mojaro bo‘yicha yagona pozitsiya yo‘q.

Avvalroq Borrel Tramp g‘alabasidan keyin kuchli va suveren Yevropa qurishga chaqirgandi.

“Yagona tashqi ishlar va xavfsizlik siyosatining bir qismi sifatida Yevropa ittifoqi Qo‘shma Shtatlar bilan faol munosabatlarni saqlab qolish uchun bor kuchini ayamaydi”, deb yozgan Borrel.

Uning qayd etishicha, ayni paytda YI kuchli va suveren Yevropani barpo etish uchun turli sohalarda – mudofaa va xavfsizlikdan tortib iqlimgacha bo‘lgan majburiyatlarni bajarishda davom etmoqda. Borrelga ko‘ra, Trampning saylanishi global xavfsizlik bilan bog‘liq barcha mintaqalar, jumladan, Yaqin Sharq va Ukraina uchun ham ta’sir ko‘rsatadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 113021 | Инструменты