Braziliya JSST ga taxdid qildi
Braziliya prezidenti Jair Balsonaro mamlakatdagi pandemiya sabab o’rnatilgan cheklovlarning iqtisodiy oqibatlari koronavirusga qaraganda ko'proq zarar keltirishi mumkin deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga davlat rahbari agar JSST “siyosiy va partizanlik” faoliyatini to’xtatmasa, Braziliya AQSHdan keyin JSSTni tark etgan navbatdagi davlat bo’lishi mumkinligini aytdi.
Braziliya AQShdan keyin koronavirusdan kasallanganlarning soni bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda 646 mingta infeksiya va 35 mingta o’lim xolatlari qayd etilgan.
AQSh aprel oyining o'rtalarida JSSTni moliyalashtirishni to'xtatgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40423 | Инструменты