Huawei 1
Buyuk Britaniya harbiy kuchlari gumanitar yordam xavfsizligini taʼminlash uchun G‘azoga jo‘natilishi mumkin — BBC

Britaniya qo‘shinlari dengiz yo‘li orqali gumanitar yordam yetkazishda ko‘maklashish uchun G‘azoga jo‘natilishi mumkin. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Hozirda G‘azoga gumanitar yordam G‘arb tomonidan asosan AQSH vositachiligida dengiz yo‘li orqali jo‘natilmoqda. AQSH hukumati yordam olib borayotgan Vashington harbiylari quruqlikka chiqmasligini qatʼiy taʼkidlagan edi.

Manbada aytilishicha, kelasi oydan boshlab Falastin anklaviga yordam jo‘natish Britaniya harbiylari qo‘liga o‘tadi. Rasmiy London harbiylar anklav hududiga kirishini ham aytib o‘tgan.

Whitehall manbasiga ko‘ra, bu borada amalda hech qanday qaror qabul qilinmagan. Britaniya bosh vaziri bu boradagi qarorni hali tasdiqlamagan.

Buyuk Britaniya rasmiylari G‘azoga yuborilishi aytilayotgan harbiy qismlarga HAMAS va boshqa guruhlar tomonidan hujum qilinishi ehtimolini inobatga olgan. Qator davlat mutasaddilari ushbu sababdan qaror qabul qilinishi kerak emasligini bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga