Buyuk Britaniya politsiyasining maʼlum qilishicha, sobiq shahzoda Endryu jinsiy jinoyatlarda ayblangan amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynga maxfiy hujjat va maʼlumotlarni taqdim qilgani tufayli qo‘lga olingan.
AQSHda eʼlon qilingan Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlar to‘plamidan maʼlum bo‘lishicha, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning ukasi Endryu Jeffri Epshteynga Singapur, Gonkong va Vyetnamga qilgan safarlari bo‘yicha hisobotlar va investitsiya imkoniyatlariga oid maxfiy tafsilotlarni yetkazgan.
Sobiq shahzoda Epshteyn bilan aloqalari sababli barcha unvonlardan mahrum qilingan. 66 yoshli Endryu barcha ayblovlarni rad etib, hech qanday qonunga xilof ish qilmaganini taʼkidlab keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21918 | Инструменты