Buyuk Britaniyada birinchi marta qirol tasviri tushirilgan pochta markalari chiqarildi. Charlz III yuzining kumush silueti markaning yuqori chap burchagida aks etgan.
Ta'kidlanishicha, onasi qirolicha Yelizaveta II dan farqli o’laroq, qirol Charlz III boshiga toj kiymaydi.
O’n xil gullar tasvirlangan markalar to’plami 74 yoshli monarxning o’simliklarga bo’lgan muhabbatiga ishora qiladi.
“Qirol Charlz III ehtirosli bog’bon sifatida tanilgan va biz uning silueti aks etgan birinchi maxsus markalar Britaniya bog’laridagi eng mashhur gullarga bag’ishlanganidan mamnunmiz”, - dedi pochta muassasasi rahbari Devid Gold.
Markalarda atirgul, kungaboqar va marhum qirolicha Yelizaveta II ning sevimli gullari ham aks etgan.
Avvalroq Buyuk Britaniyada Charlz III portreti tushirilgan birinchi tangalar muomalaga kiritilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 73019 | Инструменты