Sky News xabariga ko‘ra, Endryu Mauntbatten-Vindzor Eylshem shahridagi polisiya bo‘limini avtomobilda tark etgan. U jurnalistlar tomonidan tasvirga olinmaslik uchun, o‘rindiqqa suyangan holda o‘tirgan.
Politsiya e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, sobiq shahzoda noqonuniy xatti-harakatlarda gumon qilinib hibsga olinganidan so‘ng shartli tarzda qo‘yib yuborilgan. Bu esa tergov davom etayotganini, biroq hozircha unga nisbatan rasmiy ayblov e’lon qilinmaganini anglatadi.
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III "qirollik oilasi tergovga to‘liq va har tomonlama yordam hamda ko‘mak ko‘rsatishini, qonun ustuvorligi ta’minlanishi shartligi"ni bildirgan.
Endryu jinsiy jinoyatlarda ayblangan amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynga maxfiy hujjat va ma’lumotlarni taqdim qilgani tufayli qo‘lga olingan edi.
Sobiq shahzoda Epshteyn bilan aloqalari sababli barcha unvonlardan mahrum qilingan. 66 yoshli Endryu barcha ayblovlarni rad etib, hech qanday qonunga xilof ish qilmaganini ta’kidlab keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22013 | Инструменты