CNN: AQShning Yevropadagi harbiy bazalari terror tahdidlari tufayli shay holatga keltirildi

AQShning Yevropadagi harbiy bazalari, jumladan, Germaniyadagi qo‘mondonlik shtab-kvartirasi terakt xavfi tufayli yuqori shay holatga keltirildi va himoya darajasini oshirdi, deb xabar bermoqda CNN. Ta'kidlanishicha, bu "kamida o'n yil davomida" kuzatilmagan.

Amerika qoʻshinlari yoki obyektlari terrorchilik hujumi nishonga olinishi mumkinligidan xavotirlar tufayli, dam olish kunlari Yevropadagi bir nechta AQSh harbiy bazalari yuqori shay holatga keltirildi va kuch himoyasi darajasi ikkinchi eng yuqori darajaga koʻtarildi, dedi CNN telekanali.

Ularning taʼkidlashicha, jangovar tayyorgarlik Charli darajasiga koʻtarilgan, jumladan, AQShning Yevropa qoʻmondonligi (USEUCOM) shtab-kvartirasi joylashgan Germaniyaning Shtutgart shahridagi AQSh bazasida. Telekanalning Yevropadagi bazada joylashgan suhbatdoshlaridan biri bunday darajadagi tahdidni “kamida o‘n yil davomida” ko‘rmaganliklarini ta’kidladi va bu odatda harbiylar “faol va ishonchli tahdid olganini bildirishini” qo‘shimcha qildi. 

Ushbu maqom "hodisalar sodir bo'lganda yoki terrorchilik harakati yoki xodimlar yoki obyektlarga hujum qilish ehtimolini ko'rsatuvchi razvedka ma'lumotlari olinganda qo'llaniladi".

AQShning Yevropadagi qo‘mondonligi matbuot kotibi Den Day armiyaning o‘ziga xos himoya darajalari haqida izoh berishdan bosh tortdi. U CNNga USEUCOM "Amerika harbiy hamjamiyatining chet eldagi xavfsizligiga ta'sir qiluvchi turli omillarni doimiy ravishda baholab borishini" aytdi. “Ushbu sa'y-harakatlarning bir qismi sifatida biz tez-tez xodimlarimizning xavfsizligini ta'minlash uchun qo'shimcha choralar ko'ramiz. Operatsion xavfsizlik nuqtai nazaridan biz aniq chora-tadbirlarga kirmaymiz, ammo hushyor bo‘lib qolamiz”, dedi Day.

CNN taʼkidlaganidek, bu qarorlarga aynan nima sabab boʻlgani nomaʼlum, biroq Yevropa rasmiylari Parij Olimpiadasi arafasida va Germaniyada boʻlib oʻtayotgan futbol boʻyicha Yevropa chempionati vaqtida ehtimoliy terrorchilik tahdidi haqida ogohlantirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70310 | Инструменты