Buxoroda oila qurgan 16 yoshli yigit va 17 yoshli qizning ota-onasiga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi aks etgan video tarqaldi. 

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olindi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, 2008-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan A.A. (o‘g‘il bola) 2007-yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan R.N. (qiz bola) ning o‘rtasida ikkala voyaga yetmaganning oilalari o‘zaro kelishuvi asosida joriy yilning 29-iyun kuni Buxoro shahrida nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorakul tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi.

2-iyul kuni voyaga yetmaganlarning ota-onalari N.S. va N.Q. larni MJtKning 47-3 moddasi (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan hujjatlar sudga yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Bu qonuniy talabning buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy, aqliy va ma’naviy  uyg‘un ravishda kamol topishi huquqlariga mutlaqo ziddir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70517 | Инструменты