Credit Suisse: AQSHning tashqi qarzi tufayli dunyo Markaziy banklari dollardan ommaviy ravishda voz kechmoqda

AQSh milliy valyutasi o’zining avvalgi pozitsiyalarini yo’qotmoqda. Makroiqtisodiy nomutanosiblik va geosiyosiy keskinlikning kuchayishi tufayli dunyo Markaziy banklari dollardan ommaviy ravishda voz kecha boshladi, deya qayd etilmoqda Shveysariyadagi Credit Suisse bankining “Valyuta tizimining kelajagi” hisobotida.

Tahlilchilarning fikricha, dollardan voz kechilishiga AQShning tashqi siyosati va mamlakatning davlat qarzi oshgani sabab bo’lgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Amerikaning ichki qarzining miqdori 6,9 trillion dollarni, tashqi qarzi esa 24,5 trillion dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, ekspertlar inflatsiyaning tezlashishi tufayli ko’plab mamlakatlarda AQSh iqtisodiyotiga ishonch yo’qolganini ta’kidlab o’tdi. Ular davlat zaxiralarida dollar ulushining pasayganini aytishmoqda. Jumladan, 2022-yilda bu ko'rsatkich bor yo'g'i 58,8 foizni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, ko’pchilik fuqarolar AQSh rasmiylari tomonidan dollardan iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshilikda qurol sifatida foydalanilayotganidan norozi.

Shuningdek, hisobotga ko’ra, ko’plab davlatlar savdo operatsiyalari bo’yicha hisob-kitob qilishda allaqachon milliy valyutalardan foydalanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40411 | Инструменты