4-noyabr kuni Angliya futboli afsonalaridan biri Devid Bekxem Vindzor qasrida Qirol Charlz III tomonidan risarlik unvoni bilan taqdirlandi. 49 yoshli Devid Bekxem sportga qo‘shgan ulkan hissasi va xayriya faoliyati uchun risarlik unvoniga loyiq topildi.
2017 yilda Britaniya Imperiyasi ordeni (OBE) bilan taqdirlangan 51 yoshli Viktoriya Bekxem ham marosimda qatnashdi. Ma'lumot uchun, bu marosim yiliga ikki marta o‘tkaziladi va qirollik tomonidan turli sohalarda xizmat qilgan shaxslarga nishonlar topshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110502 | Инструменты